Koreya Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti bilan hamkorlikda stajirovka dasturi tashkil etildi

09:00 - 22 Aprel 2024 Yangiliklar
280

Seulda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti bilan hamkorlikda raqamlashtirishga masʼul davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi boshlandi.

Unda vazirlik va idoralar hamda hududlarning raqamlashtirishga masʼul 16 nafar boshqaruv kadrlari ishtirok etmoqda.

Stajirovka dasturidan “Elektron hukumat”ni rivojlantirish, davlat xizmatlarini yaxshilash, sunʼiy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvida qo‘llash kabi mavzulardagi taqdimotlar, shuningdek, vazirlik va idoralar, yirik kompaniyalar (Samsung, Naver va NIA)ga tashriflar o‘rin olgan.

▫️Maʼlumot uchun, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti 1949-yilda tashkil topgan bo‘lib,  Personalni boshqarish vazirligi qoshida faoliyat yuritadi. Institut yuqori bo‘g‘in davlat xizmatchilarining malakasini oshirishga masʼul. 

Stajirovka dasturi 27-aprel kuniga qadar davom etadi.

Chop etish