Farg‘ona viloyati So‘x tumanida uchrashuv tashkil etildi

09:06 - 23 Aprel 2024 Yangiliklar
342

Bugun Agentlikning Farg‘ona viloyati filiali masʼul xodimlari tomonidan So‘x tumanida davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlariga nomzodlar bilan “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” mavzusida muloqot tashkil qilindi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini yaqindan tanishtirish, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali vacancy.argos.uz, unda ishlash tartibi, xujjat topshirish, tanlovlar hamda ularda ishtirok etish yuzasidan batafsil maʼlumot berildi. 

Uchrashuvda masʼullar ishtirokchilarni sohaga oid qiziqtirgan savollariga javob berishdi.  

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi  So‘x tumani bo‘limi boshlig‘i, So‘x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi  lavozimlariga o‘tkazilayotgan  tanlovlarning test sinovi bosqichi o‘tkazildi.

Unda ochiq mustaqil tanlovda ishtirok etib, belgilangan malaka talablari sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishtirok etdi.
 
▫️Maʼlumot uchun, 2023-yilda So‘x tumani bo‘yicha eʼlon qilingan ochiq tanlovlar natijalariga ko‘ra, 36 nafar nomzod munosib deb topilib, davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan.

Chop etish