Davlat xizmatini rivojlantirishda samarali boshqaruv loyihasi

05:20 - 24 Aprel 2024 Yangiliklar
384

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi hamkorligida “Samarali boshqaruv — O‘zbekistonda davlat boshqaruvi salohiyatini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi hamda “Strategik rejalashtirish va xodimlarni davlat xizmatiga jalb qilish” mavzusida seminar mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat xizmatchilari bilim va ko‘nikmasini oshirish, davlat xizmatini rivojlantirishga oid strategiyalar ahamiyatini yetkazish, kadrlar faoliyatini rejalashtirishda ilg‘or tajribalar bilan bo‘lishish.

Seminar Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi, Latviya Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari tomonidan tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralarning inson resurlarini rivojlantirish bo‘linmalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Seminarda xorijiy ekspertlar davlat xizmatida qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish, inson resurslarini boshqarish kabi mavzularda nazariy va amaliy tajribalari haqida fikr almashinadi.

Chop etish