Mirobod tuman hokimligining boshqaruv xodimlari va sektor rahbarlari uchun ekspress-trening

06:26 - 24 Aprel 2024 Yangiliklar
440

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan poytaxtimizning Mirobod tuman hokimligida ekspress-trening tashkil etildi.

Maqsad — tizimda inson resurslarini boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirish jarayonini rivojlantirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishdan.

Tadbir avvalida masʼullar tomonidan "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi.

So‘ng, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada natijadorlikka erishish, shaxsiy rivojlanish va faoliyat samaradorligini oshirish kabi davlat xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda fikr almashildi.

Chop etish