Inson resurslarini boshqarish elektron tizimi yuzasidan taqdimot

09:15 - 24 Aprel 2024 Yangiliklar
377

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat delegatsiya Seulda xizmat safarida.

Safarning ikkinchi kuni delegatsiya aʼzolari Koreya Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI), Koreya Respublikasi xodimlarni boshqarish vazirligining raqamlashtirishga masʼul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼullari tomonidan inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlar elektron platformasi HRM.ARGOS.UZ faoliyatiga oid maʼlumot berildi. 

O‘z navbatida, Koreya Respublikasida joriy etilgan inson resurslarini boshqarish elektron tizimi E-SARAM va uning mobil ilovasi imkoniyatlari yuzasidan taqdimot qilindi.

Maʼlumot uchun, E-SARAM tizimi 2000-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ilk versiyasi 2011-yilda to‘liq joriy etilgan. Bugungi kunda uning 3-versiyasini ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Chop etish