Odob-axloq komissiyalarining faoliyati o‘rganildi

06:48 - 25 Aprel 2024 Yangiliklar
412

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan hududdagi davlat organlari va tashkilotlari Odob-axloq komissiyalari faoliyati o‘rganildi va o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Unda filial rahbari Sh.Tuxtabayev so‘zga chiqib, filial tomonidan qaror (https://lex.uz/docs/6236838) talablari bajarilishi holati, aniqlangan xato va kamchiliklar, Odob-axloq komissiyalari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi muhim ekanligi, komissiyalari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, doimiy nazorat qilib borish ahamiyati yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

Muhokamalar davomida o‘rganish maʼlumotnomasi asosida aniqlangan kamchiliklar, ularni kelib chiqishi sabablari, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtalindi hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha tashkilotlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Mutaxassislar tomonidan qonun hujjatlari talablari asosida Odob-axloq komissiyasi faoliyatini yuritish, komissiya yig‘ilishini tashkil etish, unda tegishli masalalarni ko‘rib chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar ishtirokchilarga amaliy misollar bilan tushuntirildi va ularning savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.

Chop etish