Ayni damda davlat idoralaridagi 720 dan ortiq vakant lavozimlar uchun tanlov o‘tkazilmoqda

09:11 - 29 Aprel 2024 Yangiliklar
408

Bugungi kunga kelib 2 653 258 ta nomzod vakant lavozimlar ochiq tanlovlarida qatnashdi.

 Joriy yilning 25-aprel holatiga ko‘ra, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali  (https://vacancy.argos.uz/)— vacancy.argos.uz platformasiga ulangan tashkilotlar soni 15 981 tani, tanlov jarayonlari davom etayotgan vakansiyalar 721 tani tashkil etmoqda.

▫️Ayni paytda portalda 437 962 nafar fuqaro o‘z rezyumesini shakllantirgan. 61 288 nafar fuqaro davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan.

Portal faoliyati bo‘yicha savollaringizni @vacancy_argos_bot ga yo‘llang!

Chop etish