Boshqaruvga innovatsiya hamda yangi texnologiyalarni joriy qilish sohasida Koreya tajribasi

05:25 - 25 Aprel 2024 Yangiliklar
344

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida xizmat safarini davom ettirmoqda.

Bugun Sonnam smart-shahriga tashrifda delegatsiya aʼzolarini shahar hokimi Shin San Djin qarshi oldi. 

Uchrashuvda, innovatsiya hamda yangi texnologiyalarni boshqaruvga joriy qilish sohasidagi o‘zaro hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga hissa qo‘shishi taʼkidlandi. 

Delegatsiya aʼzolari shuningdek, Shahar maʼlumotlarini integratsiyalash markazi hamda Davlat xizmatlari boshqarmasi faoliyati bilan tanishdilar.

▫️Maʼlumot uchun, Sonnam shahri 2023-yilda innovatsiyalar, boshqaruv tizimi hamda infrastruktura va xizmat ko‘rsatish texnologiyalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd qilgani sababli “smart shahar” sertifikatiga ega bo‘lgan. Koreyada smart-shaharlarni sertifikatlash jarayoni 2021-yilda joriy qilingan. 

Chop etish