Chilonzor tumanidagi sektorlar faoliyati tahlil qilindi

07:37 - 30 Aprel 2024 Yangiliklar
342

Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali masʼullari, sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri va tegishli bo‘lim rahbarlari ishtirokida hududda faoliyat yuritayotgan sektorlar faoliyati tahlil qilindi.

Tumanning 4 ta sektori shtabida o‘rganish ishlari olib borilib,  “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari, samaradorlik.uz elektron platformasi yuzasidan tushuntirish berildi.

Chilonzor tumani sektorlari rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli va uchastka nozirlari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Ishtirokchilar bildirgan fikr-mulohazalari tinglandi va ularning savollariga masʼullar tomonidan javoblar berildi.

Chop etish