Navbatdagi muloqot Surxondaryo viloyatida tashkil etildi

04:46 - 6 May 2024 Yangiliklar
277

Quyiga tushib, davlat xizmatchilarini tinglash, mavjud muammolarini bartaraf etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, yosh talantlarni davlat xizmatiga olib kirish maqsadida joylarda ochiq muloqot, sayyor qabullarimiz davom etyapti.

Bu kabi muloqotlarning navbatdagisi Surxondaryoda Jarqo‘rg‘on tumani 1-sektor hududidagi Navro‘z mahallasida   tashkil etildi. Unda jami 40 nafar shaxs ishtirok etdi.

Murojaatlarning aksar qismi davlat fuqarolik xizmatiga kirish, mehnat qonunchiligiga oid huquqiy maslahat, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoit yaratish yo‘nalishlariga oid.

Taʼkidlash kerakki, har bir davlat xizmatchisining murojaatiga yechim berish, tashabbuslarini amaliyotga qo‘llash masalalari alohida nazoratga olingan.

Chop etish