Andijonda kadrlar ishini raqamlashtirish holati tahlil qilindi

04:48 - 6 May 2024 Yangiliklar
343

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali hamda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida seminar tashkil etildi.

Unda hududdagi maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari kadrlar xizmati xodimlari va masʼullari ishtirok etdi.

Masʼullar tomonidan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda platformani joriy etish bo‘yicha Yo‘l xaritasida belgilab berilgan toshiriq, ko‘rsatmalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.

Seminarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ishtirokchilarning savollariga batafsil maʼlumot va tushuntirishlar berildi. 

Chop etish