7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni

04:02 - 8 May 2024 Yangiliklar
338

Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarining joriy etilishi mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar hamda o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishga hissa qo‘shmoqda.

Jumladan, davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi:

davlat fuqarolik xizmatidagi vakant lavozimlarga munosib nomzodlarni ishga qabul qilish;
boshqaruvning turli bo‘g‘inlari rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholash;
inson resurslarini boshqarishga oid faoliyatini raqamlashtirish;
davlat xizmatchilari bilimini sinovdan o‘tkazish va malakasini oshirish;
interaktiv xizmatlar ko‘rsatish kabi imkoniyatlarni yaratib bermoqda.

Soha vakillarini kasb bayrami bilan tabriklab, g‘oyat sharafli va masʼuliyatli faoliyatida sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Chop etish