Namangan viloyatida davlat fuqarolik xizmatida faoliyat olib borayotgan hududdagi davlat xizmatchilarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash maqsadida Sayyor qabul boshlandi.

10:23 - 8 May 2024 Yangiliklar
372

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari S.Islomov boshchiligidagi Ishchi guruh aʼzolari, tashkilotning hududiy filiali rahbariyati davlat xizmatchilari, ularning yaqinlarini individual tarzda tinglayapti.

Shuningdek, bugun davlat xizmatiga kirish istagidagi fuqarolar bilan ham muloqot qilinadi. 

Maʼlumot uchun, qabul Davlatobod tumanida joylashgan viloyat madaniyat markazi binosida tashkil etilgan. 

Chop etish