Halollik vaksinasi – korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usuli

10:31 - 8 May 2024 Yangiliklar
349

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish –ustuvor vazifa” mavzusida shaxsiy tarkib bilan bevosita muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Biznes-ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda soliq sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Har bir soliq xodimi «Soliqchi-ko‘makchi» tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam berishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, soliq xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olishda eng avvalo jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish kerakligi tushuntirildi.

Chop etish