Xotin-qizlarni rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturi

11:29 - 8 May 2024 Yangiliklar
389

Malakali boshqaruv kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, xususan xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish, davlat boshqaruvida muhim qaror qabul qilish jarayonidagi ishtirokini yana-da kengaytirish, salohiyatli rahbar ayollar korpusi uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash muhim.

Shu maqsadda, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi asosida davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan bir guruh xotin-qizlar uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. 

Dasturdan boshqaruvda strategik qaror qabul qilish, raqamli transformatsiya, zamonaviy menejment, diplomatik protokol va etiket, rahbar ayolning maʼnaviy axloqi va imidjiga oid nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan.

Chop etish