Qoraqalpog‘iston va Xorazmda faoliyat yuritayotgan o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbar kadrlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi 

11:14 - 31 Oktabr 2024 Yangiliklar
218

Davlat boshqaruvi akademiyasining Urganch hududiy filialida tashkil etilgan o‘quv 56 soatga mo‘ljallangan. 

Taʼkidlash kerakki, bugun davlat fuqarolik xizmati barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini taʼminlash — davlat xizmatchisining kasbiy tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmasiga bog‘liq.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda ham davlat fuqarolik xizmatchilari o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shartligi belgilangan.

Shu maqsadda, Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm viloyati davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbar kadrlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kursi tashkil etildi. 

O‘quv dasturi tinglovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi bilimlarni oshirishga, milliy qadriyatlarini mustahkamlashga hamda shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mashg‘ulotlarni tajribali mutaxassislar hamda professor-o‘qituvchilar olib bormoqda. 

Yakunda ishtirokchilarning yangi olgan bilimlari test sinovlari, shaxsiy va kasbiy ko‘nikmalari esa psixodiagnostik testlar orqali baholanadi.
 

Chop etish