Yoshlar yetakchilari – milliy kadrlar tizimini yaratishning muhim bo‘g‘ini

13:36 - 15 Aprel 2022 Yangiliklar
650

Davlat boshqaruvi akademiyasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalladagi yoshlar yetakchilarining o‘rni, sohada uchrayotgan muammolar va tizim samaradorligini yana-da oshirish istiqbollarini muhokama qilish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

 “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalladagi yoshlar yetakchilarining o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilish marosimida Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Q.Quranbayev, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri N.Ismoilov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Xasanov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Saʼdullayev, shuningdek boshqa vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirok etib, konferensiyaning maqsad-vazifalari, yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tishdi.

Anjumanning yalpi majlisida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Xasanov "Yoshlar yetakchilari milliy kadrlar tizimini yaratishning muhim bo‘g‘ini" mavzusidagi taqdimotida mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi, milliy kadrlar zaxirasi, yoshlar yetakchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI), zamonaviy yetakchilar ega bo‘lishi kerak bo‘lgan kompetensiyalar haqida taʼkidlab o‘tdi.

Yalpi majlis va 5 ta shoʻba yig‘ilishi shaklida tashkil etilgan konferensiyada yoshlar yetakchilari, olim va tadqiqotchilar hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Chop etish