Prezident: “Takror aytaman, qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”
Prezident xizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish darajasi bilan bog‘liqligini taʼkidladi.
![](https://argos.uz/media/news/photo_2025-02-07_12-09-02_pO2PV8Y.jpg)
Kadastr agentligiga ko‘chmas mulk manzillarining yagona reestrini tez fursatda oxiriga yetkazish, Transport vazirligiga barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
— Takror aytaman, qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi, — dedi Prezident.
Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlashtirish bo‘yicha alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab berish topshirildi.
Manba: https://t.me/Press_Secretary_Uz/5352