Davlat organlar va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirish bo‘yicha yangicha yondashuv joriy etiladi

12:39 - 10 Fevral 2025 Yangiliklar
111

Buxoroda xalqaro ekspertlar ishtirokida shu masalada seminar tashkil etildi. 

Taʼkidlash joizki, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Agentlik  tomonidan “Davlat organlarida inson resurslarini tahlil qilish va rejalashtirish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” ishlab chiqildi.

Shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida tashkil etilgan seminar-treningda mahalliy va xalqaro ekspertlar vazirlik va idoralar hududiy boshqarmalarining kadrlar bo‘linmasi masʼullari uchun yangi tizimning mazmun-mohiyati va kutilayotgan natijalari haqida maʼlumot berishmoqda.
 

Chop etish