Inson resurslarini strategik rejalashtirish bo‘yicha yangicha yondashuv
Xabar berganimizdek, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda GIZning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida seminarlar tashkil etilib kelinmoqda.

Tashkil etilgan navbatdagi seminarda ishtirokchilar xorijiy ekspertlar bilan birgalikda davlat sektorida ish arxitekturasini loyihalashga oid usullar va yondashuvlar, ish tasnifi tizimini yaratish, ish o‘rnini baholash va bo‘sh ish o‘rinlari katalogidan foydalanish amaliyoti, ushbu jarayonda inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘linmalarining o‘rni, lavozimlarni tahliliy baholash masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan malaka talabining namunaviy tuzilmasi va ishni baholash mezonlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.