"Rahbar ayollar maktabi" dasturi tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi

15:54 - 27 Fevral 2025 Yangiliklar
116

Maʼlumot uchun, mahorat darslarida tajribali va muvaffaqiyatli rahbarlar, professorlar va malakali mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Navbatdagi muloqot Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova ishtirokida tashkil etildi. 

Muloqot jarayoni haqida D. Rahimova o‘z fikrlarini bildirdi:

"Prezidentimizning uzoqni ko‘zlagan odilona siyosatlari natijasida oxirgi yillarda davlat va jamiyat boshqaruvida ayollar ulushi ortib bormoqda va bu xalqaro ko‘rsatkichlarda ham o‘z aksini topmoqda. “Rahbar ayollar maktabi” dasturini ham bu boradagi ijobiy tashabbuslarning davomi, desam bo‘ladi. Dasturning 4-mavsumi tinglovchilari bilan uchrashuvimizda  ayollar yetakchiligining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr almashdik. Shaxsiy va hayotiy tajribalarni o‘rtoqlashdik. Xotin-qizlarning tashabbuslari, reja va maqsadlari meni quvontirdi. Ularning turli soha vakillari ekanligini ko‘rib, yaqin kelajakda nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun ham rahbar ayollar korpusi shakllanayotganidan xursand bo‘ldim".

Qiziqarli muloqot davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Chop etish