Nomzodlar diqqatiga!

09:11 - 26 Fevral 2025 Yangiliklar
217

Endi vakant lavozimlar uchun o‘tkazilayotgan tanlovlarning test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish osonlashdi!

Buning uchun test.argos.uz platformasidagi savollar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portaliga joylashtirildi. Savollar bilan vacancy.argos.uz portalining "Test savollari" bo‘limida (https://vacancy.argos.uz/questions) tanishish imkoniyati mavjud.

Test sinovlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun savollar namunalaridan samarali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, nomzodlar yashash (ishlash) hududi yoki tanlov bo‘yicha hujjat topshirilgan tashkilot joylashgan hududdagi Agentlik filialida test sinovidan o‘tishlari mumkin.

Chop etish