Surxondaryoda yangi tayinlangan hokimlar va masʼul rahbarlar uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etilgan o‘quvda hududdagi sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman(shahar) hokimlari va sektor rahbarlari ishtirok etdi.
![](https://argos.uz/media/news/efb2c666-348c-43aa-b36d-a9283646b5e1_qJLWnvF.jpg)
O‘quvda asosiy urg‘u — yangi tayinlangan hokimlarning boshqaruv salohiyatini yana-da rivojlantirishga qaratildi.
Shuningdek, masʼul rahbarlarning faoliyatni tizimli tashkil qilish va natijadorlikni oshirish, aholi bilan tezkor ishlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, samarali jamoani shakllantirish yuzasidan ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilindi.
Dastlab masʼul rahbarlarning 2022-yilgi faoliyat samaradorligini baholash natijalari(KPI) tanqidiy-tahlil qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududlarga ichki va tashqi investorlarni jalb etish, hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘sish nuqtalari va drayverlarni aniqlash va innovatsiyalarni joriy etish, davlat xizmatchisida insonga eʼtibor, samarali muloqot, tizimli tahlil va maqsadli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, rahbar kadrlarda shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Shaxsiy samaradorlikni oshirish (self-management)”, “Rahbar axloqi va boshqaruv madaniyati” “Rahbarning kasbiy faoliyatida stressning yuzaga kelishi va uni yengish usullari” mavzularida master-klasslar tashkil etildi.
Jarayon davom etmoqda.