Davlat xizmatchilarining haq-huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish natijalari
Agentlikning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning o‘tgan davrida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq o‘rganishlar o‘tkazildi va qator taʼsir choralari qo‘llanildi.
Tahlillar davomida quyidagilar aniqlandi:
– 115 ta o‘rganish o‘tkazilgan;
– 60 ta taqdimnoma kiritilgan;
– 5 ta maʼmuriy taklif berilgan;
– 117 ta yozma ogohlantirish xati yuborilgan.
O‘rganishlarda jami 701 ta holatda qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. Jumladan:
– 332 ta holatda tanlov o‘tkazish tartibiga amal qilinmagan;
– 159 nafar fuqaro davlat fuqarolik xizmati lavomizlariga tanlovsiz ishga qabul qilingan;
– 70 nafar davlat fuqarolik xizmatchisiga mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan ogohlantirish xatlari noto‘g‘ri berilgan;
– 29 nafar davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazolarni qo‘llashda, 14 ta holatda davlat fuqarolik xizmatchisiga mehnat taʼtillarini berishda qonunchilik talablariga amal qilinmagan;
– 20 nafar davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lashda ularning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan;
– 5 nafar qisqarishga tushgan xodimga ish taklif qilinmagan;
– 9 ta holatda ish vaqti meʼyorlariga rioya etilmagan;
– 9 ta holatda kadrlar bo‘yicha rahbarlik lavozimlariga nomzodlar Agentlik bilan kelishmasdan ishga qabul qilingan.
Taʼsir choralarni ko‘rib chiqishi natijalari bo‘yicha:
– 9 ta noqonuniy buyruq bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan;
– 15 ta holatda tanlovsiz ishga qabul qilinganlar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan;
– 2 ta holatda Tanlov komissiyasi xulosasi bekor qilingan va tanlov qayta o‘tkazilgan;
– 1 nafar qisqarishga tushgan xodim ishga joylashtirilgan;
– 2 ta davlat organidagi kadrlar bo‘yicha rahbarlik lavozimlariga nomzodlar Agentlik bilan kelishilishi taʼminlangan.
Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 16 nafar aybdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan 3 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda 4 nafar aybdor shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima qo‘llanilgan.
Jarayon davom etmoqda.