HRM.ARGOS.UZ elektron platformasiga yangi imkoniyatlar qo‘shilmoqda

16:25 - 6 Yanvar 2025 Yangiliklar
174

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali tomonidan tashkil etilgan muloqotda tashkilotlardagi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi masʼullari ishtirok etdi. 

Dastlab, hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan yangi o‘zgarishlar haqida to‘liq maʼlumot berildi. 

Taʼkidlash joizki, tizimda arxiv fayllar shakllantirilishi boshlandi. Endilikda buyruqlar ham ro‘yxatga olingan vaqtiga qarab, arxivlanadi. Ayni damda tashkilotlarning 2023-yilda chiqargan buyruqlari arxivga olindi. 

Muloqot davomida tashkilot xodimlari maʼlumotlari bilan ishlash yuzasidan videoqo‘llanmalar taqdim qilindi. Platformani yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. 

Chop etish