Xalqaro seminar: Janubiy Koreyaning hukumat faoliyatini baholash bo‘yicha tajribasi tahlil qilindi

09:07 - 22 May 2024 Yangiliklar
715

Davlat boshqaruvi akademiyasida “Hukumat faoliyatini baholash: Koreya Respublikasida qo‘llaniladigan baholash usullari va vositalari” mavzusi xalqaro seminar-trening tashkil etildi. 

Unda Koreya davlat boshqaruvi instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbariyati va vakilllari, tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Koreya Respublikasi so‘nggi bir necha o‘n yillikda hukumat faoliyatini baholashda sezilarli yutuqlarga erishgan davlat. 

Seminar davomida davlat mablag‘larini maqsadli sarflash, byudjetdan samarali foydalanish, ochiqlik va hisobdorlikni taʼminlash, aholining davlat boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hukumat faoliyatini baholashda Koreya Respublikasida qo‘llanilayotgan metodlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Maʼlumot uchun: Hukumat faoliyatini baholashda davlat dasturlari va xizmatlari samaradorligi o‘rganiladi.

Chop etish