Bir guruh o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Turkiyada stajirovka o‘tamoqda

15:05 - 4 Sentabr 2024 Yangiliklar
367

Dastur — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida tashkil etildi. 

Agentlik, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari ishtirok etayotgan stajirovka dasturi Turkiyaning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlari hamda innovatsion yechimlari bilan tanishish, sohada o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi. 

Ishtirokchilarning Dastur davomida inson resurslarini boshqarishda joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar bo‘yicha tajriba almashishi, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish usullarini o‘rganishi,   Turkiyaning vazirlik va idoralari Inson resurslarini boshqarish departamentlari faoliyati bilan yaqindan tanishishlari belgilangan. 

Chop etish