Rahbar kadrlar kompetensiyalarini baholash sohasida Qozog‘iston bilan o‘zaro tajriba almashilmoqda

17:56 - 6 Sentabr 2024 Yangiliklar
395

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul vakillari ayni damda Qozog‘istonning Ostona shahrida xizmat safarida. 

Dastur doirasida Agentlik vakillari Qozog‘iston Respublikasi Davlat xizmati ishlari agentligi rahbariyati bilan uchrashishdi. 

Uchrashuvda Qozog‘istonning davlat xizmati, uning rivojlanish yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, Davlat xizmati ishlari agentligi Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Agentlik vakillari Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. 

Shuningdek, ularga Qozog‘iston Respublikasi davlat xizmatida joriy qilingan axborot tizimlari taqdimot qilindi.

Chop etish