Sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida jamoatchilikka maʼlum qilindi

06:15 - 28 Iyun 2024 Yangiliklar
205

Matbuot anjumani avvalida Agentlikning departament mudiri Alisher Eranov 2024-yilning o‘tgan davrida sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida jamoatchilikka maʼlum qildi.

Jumladan, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish,  xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, kadrlar faoliyati samaradorligini baholash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berildi. 

Shuningdek, Agentlikning boshqarma boshlig‘i Abbos Akramov tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilishning ochiq, shaffof tizimi haqida axborot berildi.

▫️Matbuot anjumani davom etmoqda.

Chop etish