Qashqadaryo viloyatidagi yoshlar va yosh davlat xizmatchilari uchun muloqot tashkil etildi

09:32 - 2 Iyul 2024 Yangiliklar
138

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni keng targ‘ib etishga qaratilgan muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, "El-yurt umidi" jamg‘armasi masʼullari hamkorligida tashkil etilgan vebinarda tuman (shahar) hokimligi masʼul xodimlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Kelajak liderlar” klubi aʼzolari, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari, yoshlar, tashkilot va idoralarning yosh mutaxassislari ishtirok etdi.

Maqsad —  talantlarni izlab topish, ularning xorijdagi nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarda taʼlim olishini tashkil qilishga ko‘maklashish, professional yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish.

Muloqot savol-javob va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Hududdagi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblarni olishdi. Shuningdek, xorijda bepul taʼlim olish dasturiga oid takliflarini bildirishdi. 

Ushbu formatdagi muloqotlar respublika bo‘ylab davom etadi.

❗️Maʼlumot uchun, tanlov jarayonlari bilan bog‘liq savollaringizni info@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali yo‘llashingiz mumkin.

Chop etish