Bir guruh tuman va shahar hokimlaridan iborat delegatsiya Germaniyaning Bavariya federal hududida xizmat safarida bo‘lib turibdi

06:50 - 2 Iyul 2024 Yangiliklar
187

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Maqsad – Germaniyada davlat fuqarolik xizmati, jumladan, mahalliy boshqaruv tizimi bilan tanishish, investitsiyalarni jalb qilish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, kommunikatsiya va qurilish sohalarida o‘zaro tajriba almashish.

Safarning ilk kunida delegatsiya aʼzolari Xanns Zaydel jamg‘armasining Bosh kotibi janob Oliver Yorg, Myunxen tumani hokimi janob Kristofer Gobel bilan hamda Yuqori Bavariya Savdo-sanoat palatasining Xalqaro, sanoat va innovatsiya masalalar bo‘limining Markaziy Osiyo bo‘yicha masʼul xodimi doktor Yutta Albrext xonim bilan uchrashishdi.

▫️Xizmat safari 7-iyul kuniga qadar davom etadi.

Chop etish