Mahalliy hokimliklar faoliyati va vazifalari bilan tanishildi

06:53 - 3 Iyul 2024 Yangiliklar
162

Ayni kunlarda bir guruh tuman va shahar hokimlaridan iborat delegatsiya Germaniyaning Bavariya federal hududida xizmat safarida.

Safarning ikkinchi kuni delegatsiya aʼzolari Shvaben viloyati hokimi o‘rinbosari Syuzana Rayf, Augsburg tumani hokimligi ofis rahbari Sabrina Bushele xonim hamda Dinkelsherben mahallasi raisi Edgar Kalb bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida Shvaben viloyati hokimligining tashkil topishi va vazifalari, viloyat hokimligi tuman hokimliklari va Bavariya Federal yeri hukumati bilan o‘zaro munosabatlari, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, tuman va viloyat hokimligi hamda tuman hokimligi va mahallalar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari, mahalla institutiga oid taqdimotlar bilan tanishildi.
 

Chop etish