Surxondaryoda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

15:20 - 5 Iyul 2024 Yangiliklar
546

Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Surxondaryo viloyati hokimligi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ko‘magida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda hududda faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼullari tomonidan davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish tartibi, onlayn ariza yuborish tartibi, vacancy.argos.uz platformasi imkoniyatlari haqida  maʼlumot berildi. Ishtirokchilar sohaga oid savollarga masʼullardan javob olishdi.

Chop etish