Bavariya boshqaruv maktabi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

15:50 - 5 Iyul 2024 Yangiliklar
593

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturga muvofiq davlat xizmatchilaridan iborat delegatsiya Germaniyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Dasturga muvofiq, bugun Bavariya boshqaruv maktabi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Bavariya boshqaruv maktabi o‘quv masalalari bo‘yicha prorektori janob Raymund Xelfrik tomonidan   Bavariya boshqaruv maktabining tashkiliy tuzilmasi, maqsad va vazifalari, xalqaro aloqalari, boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston va Bavariyada tuman hokimlari, o‘rinbosarlari va viloyat hokimi o‘rinbosarlari uchun tashkil etilayotgan qo‘shma o‘quv dasturlariga oid masalalar, kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Chop etish