Samarqandda BMT Davlat xizmati forumi o‘tkaziladi

07:06 - 3 Iyul 2024 Yangiliklar
158

Yurtimizda keyingi yil ushbu forumning o‘tkazilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan o‘tkazilgan uchrashuvda alohida to‘xtalib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, BMT Davlat xizmati forumi davlat boshqaruvi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha global tadbir bo‘lib, u quyidagilarni muhokama qilish va o‘rganish uchun unikal platformani taqdim etadi: 

-Davlat boshqaruvida paydo bo‘layotgan muammolar, qiyinchiliklar va tendensiyalar; 

-Muammolarni hal qilish uchun innovatsion amaliyotlar; 

-Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat xizmati salohiyatni rivojlantirish strategiyalari, yondashuvlari va vositalari.

Forum har yili davlat boshqaruvining muayyan muhim sohasiga eʼtibor qaratadi va uning turli o‘lchovlari, tarkibiy qismlarini yaxlit tarzda o‘rganadi.

2025-yilning 24-26-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Forum jahon yetakchilari, siyosatchilar, amaliyotchilar, boshqaruv sohasidagi innovatorlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy doiralar, notijorat tashkilotlar va xususiy sektor vakillarini birlashtiradi.

Lavhani ko‘rish

Chop etish