Navbatdagi muloqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi yoshlar bilan tashkil etildi

04:33 - 4 Iyul 2024 Yangiliklar
174

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni keng targ‘ib etishga qaratilgan muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiallari, "El-yurt umidi" jamg‘armasi masʼullari hamkorligida tashkil etilayotgan vebinarlarda tuman (shahar) hokimliklari masʼullari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, “Kelajak liderlar” klubi aʼzolari, hududlardagi oliy taʼlim muassasalari talabalari, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari, yoshlar, tashkilot va idoralarning yosh mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Onlayn muloqotlar savol-javob va qizg‘in muhokamalar asosida tashkil etilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblarni olishmoqda. Sohaga oid o‘z takliflarini bildirishmoqda. 

Maʼlumot uchun, tanlov jarayonlari  bilan bog‘liq savollarni info@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali yo‘llash mumkin.

Chop etish