Delegatsiya aʼzolari Dinkelsherben hamda Maytingen mahallalarida bo‘ldi

04:35 - 4 Iyul 2024 Yangiliklar
168

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturga muvofiq delegatsiya aʼzolari Dinkelsherben hamda Maytingen mahallalari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda mahalla raislari tomonidan mahallalar to‘g‘risida maʼlumot, maʼmuriyatining tuzilmasi, Mahalla kengashining vazifalari, mahallalardagi ko‘ngillilar birlashmalari faoliyati, tashkil etilgan sport komplekslari, mahallalarda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, olib borilgan kommunal hududiy islohotlar va ularning mahallalarga taʼsiri haqida taqdimot qilindi.

O‘z navbatida, delegatsiya aʼzolari tomonidan ham yurtimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, "mahalla yettiligi" tizimi to‘g‘risida maʼlumot berildi. 

Chop etish