O‘zbekiston va Koreya hamkorlikda “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi”ni ishga tushiradi

17:43 - 21 Oktabr 2024 Yangiliklar
190

Bugun Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA) delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv chog‘ida Koreya Prezidentining 2024-yil 13-15-iyun kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida davlat xizmatini rivojlantirish sohasida erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash masalasi muhokama qilindi.  

Jumladan, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” nomli Q-DEEP loyihasi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 

Loyiha O‘zbekistonda davlat xizmatini modernizatsiya qilishga ko‘maklashish, kadrlarni boshqarish va rivojlantirish (HRM) bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, pilot vazirliklarda biznes jarayonlarining reinjiniringini (BPR) o‘tkazishga yo‘naltirilgan. 

Loyiha davomida tadqiqotlar asosida inson resurslarini boshqarish modelini ishlab chiqish, BPR tahlilini o‘tkazish uchun so‘rovnoma tuzish, HRM va BPR modelini sinovdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Uchrashuv davomida tomonlar Dasturni ishga tushirish, kelgusida ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga kelishib olishdi.

Chop etish