Davlat fuqarolik xizmati sohasida Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi

17:45 - 18 Oktabr 2024 Yangiliklar
253

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. 

Muloqotda inson resurslarini boshqarish, davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish, kadrlar siyosati sohasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

Shuningdek, uchrashuvda turk tomoni yurtimizda so‘nggi yillarda davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va inson resurslarini boshqarish sohada amalga oshirilgan islohotlar, joriy qilingan innovatsion yechimlar bilan tanishtirildi. 

Xususan, assessment texnologiyasi orqali rahbarlarning qobiliyati va salohiyatini baholash, inson resurslarini boshqarish hamda kadrlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha joriy qilingan raqamli platformalar Inson resurslari ofisi vakillari tomonidan eʼtirof etildi.

Chop etish