Navoiyda OAV vakillari va jamoatchilik ishtirokida matbuot anjumani boshlandi
Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filialining 2024-yil o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida jamoatchilikni xabardor qilish belgilangan.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbariyati, Markaziy apparati masʼullari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etayotgan anjumanda sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berilmoqda.
Jumladan, davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni ochiq tanlov orqali qabul qilish tizimi, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, kadrlar faoliyati samaradorligini baholash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berilmoqda.
Anjuman davomida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi turli masalalar, mavjud muammolar yuzasidan jurnalistlarning taklif va tashabbuslari ham tinglanadi.