Nomzodlar davlat fuqarolik xizmatiga qanday tartibda ishga kirmoqda?

17:40 - 8 Noyabr 2024 Yangiliklar
201

Navoiyda jurnalistlar va jamoatchilik vakillarini jarayon bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Press-tur boshlandi. 

Ishtirokchilarga tanlovning barcha jarayonlari haqida maʼlumot berilmoqda. Jumladan, tanlovning shaffofligini taʼminlash maqsadida nomzodlar Face ID tekshiruvidan so‘ng,  test ishlashni boshlashi taʼkidlandi. Ushbu bosqich masʼullar tomonidan to‘liq nazorat qilinishi, shuningdek, jamoatchilik uchun ham  ijtimoiy tarmoq orqali test jarayonlarini kuzatish imkoniyati yaratilgani bildirildi. 

Real vaqtdagi onlayn jarayon orqali ishtirokchilar Davlat fuqarolik xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli – test.argos.uz platformasida o‘tkazilayotgan test sinovi natijalari  avtomatik tarzda nomzodning shaxsiy kabinetiga yuborilganini kuzatishdi. 

Maʼlumot uchun, joriy yilning 10 oyida hududda 4070-marta tanlov eʼlon qilingan. Tanlovlarda jami 43512 nafar nomzod ishtirok etgan 694 nafar nomzod g‘olib deb topilib, davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan.

Chop etish