Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniPrezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi jamoasi katta jamoaning barcha vakillarini bugungi kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi!
Mamlakatimizda kadrlarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini taʼminlash, jamoalarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, joylarda ijtimoiy adolatni qaror toptirishda har biringizning munosib hissangiz bor.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, masʼuliyatli va sharafli kasbingizda zafarlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!