Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi masʼul vakillar uchun seminar tashkil etildi

10:01 - 15 Noyabr 2024 Yangiliklar
72

Agentlikning Buxoro viloyati filiali tomonidan tashkil etilgan o‘quvda viloyat sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari masʼullari ishtirok etdi. 

Seminarda dastlab hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan yangi imkoniyatlar haqida to‘liq maʼlumot berildi. 

Endilikda vakant lavozimga tanlov eʼlon qilishdan boshlab, xodimning tashkilotdagi faoliyati yakunlanishiga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar yagona elektron platformada shakllantirilishi va yuritilishi maʼlum qilindi. 

Shuningdek, kelgusida viloyatdagi davlat tibbiyot va davolash-profilaktika muassasalarida yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlarni jalb qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. 

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Chop etish