Namangandagi "Karyera markazi" — OTM, davlat va nodavlat sektori hamkorligini taʼminlayapti

10:02 - 15 Noyabr 2024 Yangiliklar
67

Maʼlumki, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishlarini oshirish, liderlik qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni rahbarlik lavozimlari uchun seleksiya qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan.

Shu maqsadda Agentlikning Namangan viloyati filiali Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda ilg‘or horijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish orqali davlat va nodavlat sektoridagi tashkilotlarni sifatli kadrlar bilan taʼminlash maqsadida “Karyera markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. 

Markazning asosiy vazifasi — oliy taʼlim muassasasi, davlat va nodavlat sektoridagi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini taʼminlashdan iborat. 

Kuni-kecha ushbu Markazda Namangan to‘qimachilik sanoati institutining bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan muloqotda Namangandagi oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud Karyera markazlari faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlangani maʼlum qilindi. 

Seminar davomida Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar, davlat tashkilotlaridagi vakant lavozimlar uchun tashkil etilayotgan ochiq tanlovlarda ishtirok etish tartibi yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Chop etish