Ibragimov Muhiddin Samariddin o‘g‘li, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Aerokosmik faoliyat va kosmik monitoring tizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i 

11:15 - 7 Yanvar 2025 Yangiliklar
144

M.Ibragimov 1992-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, oilali. 

Mutaxassisligi: Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirish tizimlari

Sohadagi tashabbuslari: Kosmik suratlar hamda sunʼiy intellekt tizimlaridan foydalangan holda davlat kosmik monitoringini amalga oshirish, qishloq, o‘rmon, suv xo‘jaliklari, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya, seysmologiya, gidrometeorologiya sohalarida ushbu texnologiyalardan foydalanishni joriy etish hamda geoplatformalar yaratish jarayonlarida ishtirok etgan.  O‘zbekiston Respublikasi BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qo‘mitasi (UNOOSA) aʼzosi.

2022-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda esa Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 

Maqsadi: Iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik texnologiyalarni joriy etish hamda ularni rivojlantirib borish. 
 

Chop etish