Davlat organlarida masofaviy ish tashkil etiladi va moslashuvchan ish tizimi takomillashtiriladi
Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mazkur qaror loyihasiga ko‘ra:
masofadan turib amalga oshirishi mumkin bo‘lgan funksiyalar ro‘yxati,
davlat organlarida davlat xizmatchilarining masofadan turib ishlash qoidalari,
davlat organlarida lavozimlarning ayrim toifalari uchun ishbay ishlash tartibi
davlat organlarida davlat xizmatchilarining moslashuvchan ish vaqti rejimida ishlash qoidalari tasdiqlanadi.
Ushbu mexanizm davlat fuqarolik xizmatida:
qulay ish vaqtini belgilash;
davlat fuqarolik xizmatchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;
mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarning inklyuziv mehnat huquqlarini taʼminlashga xizmat qiladi.