Qadrli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.
Vatan tinchligini asrash, uni himoya qilish — eng muqaddas burch va eng sharafli kasb!
Bugun biz ana shunday g‘oyat masʼuliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli yurtdoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Hamisha el-yurtimiz himoyasi yo‘lida metin qalqon bo‘ling, milliy armiyamiz saflaridagi sharafli xizmatingizda yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Vatanimiz sarhadlari hamisha tinch va osoyishta bo‘lsin!