Davlat fuqarolik xizmatchilarini birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari boshlandi

15:19 - 17 Yanvar 2025 Yangiliklar
66

Ularning salomatligi — xalqchil, samarali faoliyati uchun asosdir!

Kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va ularning oldini olish salomatlik uchun muhim. Bu omil — oilada farovonlik, davlat xizmatida esa samaradorlikni taʼminlaydi. 

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Cog‘liqni saqlash vazirligi, hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni boshladi. 

 (https://t.me/argos_uz/7899)Ishtixonda tashkil etilgan mazkur tibbiy ko‘rik jarayonlarida ham davlat xizmatchilari 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib beriladi.  

Respublika bo‘ylab boshlangan jarayon joriy yilning 30-yanvar kuniga qadar davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan.

Chop etish