Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Davlat xizmati departamenti bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

15:55 - 16 Yanvar 2025 Yangiliklar
95

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan onlayn formatdagi uchrashuvda ikki tashkilot vakillari ishtirok  etdi. 

Muloqotda davlat xizmatchilari uchun Malayziyada stajirovka va trening dasturlarini tashkil qilish, ikki tashkilot mutaxassislarining o‘zaro tashriflari dasturini ishlab chiqish, Davlat xizmati departamenti rahbariyatini 2025-yilning iyunida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMT Davlat xizmati forumida ishtirokini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tashkilot o‘rtasida tuziladigan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Ahdlashuv deklaratsiyasi loyihasi ham ko‘rib chiqildi. 

Chop etish