KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi stipendiya dasturiga salohiyatli davlat xizmatchilari jalb etildi

09:15 - 24 Yanvar 2025 Yangiliklar
229

Ushbu loyiha —  uzoq muddatli magistrlik dasturi bo‘lib, g‘oliblariga Koreya Respublikasining yetakchi universitetlarida (23 ta mutaxassislik bo‘yicha) o‘qish imkonini beradi.

Munosib davlat xizmatchilarini saralash va kelgusida ularning istiqbolini taʼminlash maqsadida tanlov jarayonlariga ilk bor Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari taklif etildi. 

Bu o‘z navbatida, eng iqtidorli davlat xizmatchilarimizning Koreyadagi nufuzli taʼlim muassasalarida malaka oshirishi imkonini beradi. Shuningdek, keyinchalik malakali kadrlarning salohiyatidan unumli foydalanish, ularning istiqbolini belgilash va munosib lavozimlar bilan taʼminlash uchun ham sharoit yaratadi. 

Ayni damda tanlovning birinchi bosqichi jarayonlari boshlangan. Unda vazirlik va idoralar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ishtirok etmoqda. Dastur g‘oliblari 2025-yilning sentyabridan Koreyada o‘qishni boshlashadi.
 

Chop etish